Tibetliklar ruhiy yetakchisi, 90 yoshli Dalai Lama vafotidan so‘ng qayta tug‘ilishini va uning o‘rnini kim egallashini maxsus ishonch kengashi aniqlashini ma’lum qildi.
U bu bayonotni 3 iyul kuni qilgan. Shuningdek, u avval aytgan “oxirgi Dalai Lama bo‘lishim mumkin” degan gaplaridan voz kechganini bildirib, vorislik tizimi davom etishini ta’kidladi.
Dalai Lamaning bu qarori Xitoy bilan yana bir bor ziddiyatga olib kelishi mumkin. Pekin avvalroq yangi Dalai Lamaning kim bo‘lishini o‘zlari belgilashni istayotganini aytgan edi.
Ammo Tibetliklar vorisni diniy urf-odatlarga ko‘ra aniqlash tarafdori.