Bir muddat avval feysbuk sahifalarida O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Sa`dulla Hakim vafot etgani haqida xunuk xabar tarqaldi.
Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari Fozil Farhodning xabar qilishicha, u hozirgina uyushma raisi o`rinbosari Xolmurod Salimov bilan qo`ng`iroqlashgan. Chindan shoirning oila a`zolari — xotini va o`g`li avvaliga shunday ma`lumotni tarqatishgan ekan. Lekin shifoxonada "kovid" bilan olishayotgan shoirning to`xtagan yuragi yana urib ketibdi. Ayni vaqtda u koma holatida ekan.
"Alloh Sa`dulla Hakimga shifo bersin, deyman. Tuzalib ketsin. Duo qilib qo`ying" deyiladi xabarda.






