Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari ro`yxatiga kiritib o`tirmadi. Mushaklardagi og`riq, kuchli holsizlik va tovondagi pufakchalar koronavirus bilan infeksiyalanganlikdan darak berishi mumkin. Bu haqda Daily Mail britaniyalik olimlarning Favqulodda holatlar bo`yicha ilmiy maslahatlashuv guruhi uchun tayyorlangan dokladiga tayangan holda xabar bermoqda. Mutaxassislar ta`kidiga ko`ra, virus alomatlari turlicha namoyon bo`lishi mumkin, bu virusga chalinganlar yoshi va organizm xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari ro`yxatiga kiritib o`tirmadi. Hozirda mamlakatda kasallikning rasman tan olingan uchta belgisi mavjud: bu yuqori temperatura, davomli yo`tal va ta`m sezish qobiliyatining o`zgarishi yoki yo`qolishi. Britaniyada pandemiya boshlanganidan buyon 570 mingta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan, 42 mingdan ziyod odam vafot etdi. | |
10.10.2020 19:27
Koronavirusning yangi belgilari topildi
