AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova savollarga javob berdi. Covid-19`ga chalingan bemorlarga ajratiladigan dorilar to`plami orasida vitamin D, nam salfetka, tibbiy niqoblar yo`q. Bu holatni kimdir nazorat qiladimi? “O`rnatilgan tartibga muvofiq koronavirus kasalligiga chalingan va gumon qilingan fuqarolar kasallikning kechishiga qarab ambulator sharoitda o`z uylarida, saralash-taqsimlash markazlarida va maxsus shifoxonada davolanishlari mumkin. Bemorlarni dori-darmon bilan ta`minlashni yaxshilash maqsadida ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarga kasallik tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagan bo`lsada barcha belgilari mavjud bo`lsa, ya`ni gumon qilinganlarga kovid jamlanmalari, muloqotdagilarga gidroksixloroxin tabletkalari ambulator-poliklinika muassasalari tomonidan berilmoqda. Bundan tashqari, mahalliy hokimliklar va homiylar tomonidan ham turli vitamin va mineral komplekslar aholiga bepul etkazib berilmoqda. COVID jamlanmada vitamin D va nam salfetka bo`lishi ko`zda tutilmagan”, – deydi Odilova. |
10.10.2020 22:31
Covid-19 jamlanmada nega niqob va nam salfetka yo`q?
