Fransiya poytaxti Parij shahrida ikki hafta davom etgan "Rolan Garros" turnirining ayollar o`rtasidagi g`olibasi aniqlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi. WTA reytingida 54-pog`onadan joy olib turgan polshalik Iga Svyontek dunyoning oltinchi raqamli tennis malikasi, amerikalik Sofiya Keninni 6/4, 6/1 hisoblarida mag`lubiyatga uchratib, Fransiya Ochiq chempionati g`olibasiga aylandi.
Bir soatu 24 daqiqa davom etgan final uchrashuvida tennischilar bittadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Ushbu tarixiy chempionlik 19 yoshli Svyontekka 1 million 600 000 evro mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.






