AsosiySUG'DIYONA

Saraton — hammasi bir maromda kechadi

Bu burj vakillari yil boshidanoq o`zlari anchadan buyon orzu qilgan yangi hayotni boshlaydilar. Saratonlar haddan ortiq hissiyotlarga berilib, o`zida cheksiz tuyg`ularni sezadi. Bu shaxsiy munosabatingizga ham, ish faoliyatiga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Tuyg`ularingiz hayotingizda ro`y berayotgan turli voqea-hodisalar bilan bog`liq tarzda o`zgarib boradi. Nima xohlayotganingizni aniq bilsangizgina, qiyinchiliklarni oson engasiz. Agar bu burj vakillari ichki xavotir va tashvishlarga berilishmasa, yilni yaxshi o`zkazishadi. Siz moliyaviy ahvolingizni yaxshilashingiz, sohangizda yirik muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritishingiz, shaxsiy hayotingiz va yaqinlaringiz bilan munosabatlarni izga solishingiz mumkin. Erishayotgan yutuqlaringiz esa qalbingizni zavq-shavqqa to`ldiradi. Ich-ichingizdan ko`p narsalarga qodir ekaningizni his qilasiz. Bu holt esa o`zingizga bo`lgan ishonchni yanada oshiradi.

Shaxsiy hayot

Muhabbat Saratonlarni yo`lda qarshi oladi. Aynan uzoq safar sizga mutlaqo unutilmas hissyotlarni va yangicha hayotni tuhfa etishi mumkin. Sevimli insoningiz sizdan ancha olisda, hatto boshqa davlatda  yashashi ham mumkin. Avval boshda o`zaro do`stona munosabatda bo`lasiz. Hattoki, tanishuvingiz biznes borasidagi hamkorlikdan boshlanib, birgalikda uzoq muddatli ish safariga jo`nashingiz ehtimoli ham bor. O`tmishingizda sizga qadrli bo`lgan inson yana yoningizga kelishi yoki hozirgi holatingizni avvalgi munosabatlaringizga o`xshatib yuborishingiz ham mumkin.  

Yil o`rtalariga kelib sevgi borasidagi munosabatlaringiz izga tusha boshlaydi. Turmush qurmagan Saratonlar anchadan buyon kutilgan sevimli insoni bilan uchrashadilar. Siz bu insonni hayotingiz davomida qadrli kishingizga aylanishini va butun umr har qanday vaziyatda qo`llab-quvvatlashini his etasiz. Agar yaqin insoningizni shu kunga qadar topib uchratgan bo`lsangiz, munosabatlaringizni yana bir qayta ko`rib chiqib, bir-biringizga qadrli ekaningizni anglashga imkoni tug`iladi. Bu yil sizga unutilmas onlarni tuhfa etadi. Oila davrasida ham qadrli va yodda qolarli daqiqalar ko`p bo`ladi. Siz va turmush o`rtog`ingiz yashash joyingizni o`zgartirishni va yangi uy sotib olishni istab qolishingiz mumkin. Bu kelajak hayotingizda albatta katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Yil o`rtalariga kelib farzandlaringiz o`z yutuqlari bilan ko`nglingizni ko`taradi. Turmush o`rtog`ingiz ko`proq e`tibor qaratib, do`stlaringiz iliq va ishonch bilan munosabatda bo`lishadi. Ota-onangiz bilan esa biroz keskin vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Etarli darajada e`tibor qaratmayotganligingiz sababli ularning ko`ngli ranjiydi. Bunday holatga iqolmaslik uchun esa o`z yaqinlaringizni unutmay, hammaga birdek munosabatda bo`ling.

Yulduzlarning maslahat berishlaricha, bu yil Saratonlar ichki qoniqish hosil qilishlari uchun o`z oilalari yoki sevimli insonlari bilan birga dam olishlari kerak. Birga o`tkazilgan har bir daqiqa sizlarni yanada yaqinlashtiradi. Kuz — oila qadr-qimmatini anglab, o`zaro munosabatlar mustahkamlanadigan davr. Saratonlar bu yilda baxt va sokinlik dengizida suzishib, ichki xotirjamlikka erishadilar. Turmush o`rtog`ingizga nisbatan talabni haddan ziyod oshirib yubormang. Balki o`zingiz ham shunga yarasha e`tibor va mehr berishga harakat qiling. Maymun yilida Saratonlarning romantik samolarida birorta ham bulut paydo bo`lmaydi.

Karera va moliya

Saratonlar yil davomida yanada farovonlikka erishish uchun yangi yo`llar qidirib, tinimsiz ish bilan band bo`lishadi. Ular o`z oldilariga aniq maqsad, ya`ni moliyaviy holatni yanada yaxshilash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga qaror qilishgan. Keskin ish jadvali va dam olmasdan ishlash qattiq charchashga olib keladi. Bu esa o`z navbatida ish faoliyatiga ham ta`sir qiladi. Raqobatchilar esa ancha tezkorlik bilan harakat qilishib, sizdan ham o`tib ketishga urinadilar. Bir daqaqaga ham nazoratni yo`qotmang. Ish vaqtiga tartibli ravishda amal qiling. Shu bilan birga hordiq chiqarish va o`z qiziqishlaringiz bilan mashg`ul bo`lishga alohida vaqt ajrating.

O`zgarishlarni rad etish yaramaydi. Har bir narsaga nisbatan e`tiborli bo`lish zarur. Agar Saratonlar ishlariga ilhom bilan yondoshmasalar, hech qanday ijobiy natija kutishning foydasi yo`q. Pul masalasida esa Saratonlar hamyonlarini o`zlari istagandek to`ldirishlari uchun tirishqoqlik bilan mehnat qilishlariga to`g`ri keladi. Shu yo`l bilan moliyaviy jihatdan o`zingizni tiklab olib, anchadan buyon rejalashtirib yurgan xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin. Siz moddiy boyligingizni yana bir karra hisoblab chiqib, vaziyatni diqqat bilan tahlil qilgandan keyingina, ortib qolgan pulni daromadli ishga tikishingiz mumkin bo`ladi. Ehtimol qimmatli qog`ozlar xarid qilib yoki bankka omonat qo`yishingiz ham mumkin bo`ladi. Garchi kam miqdorda bo`lsa-da, puldan samarali foydalaning. Xohishingizdan kelib chiqib, ko`chmas mulk xarid qilishingiz yoki o`zingizni shaxsiy ishingizni ochishingiz mumkin. 

Salomatlik

Kelayotgan yilda sog`lig`ingiz borasida aytarli o`zgarishlar ro`y bermaydi. Lekin bu bemalol, sog`liqqa e`tibor bermay yuraverish mumkin degani emas. U doimiy ravishda e`tibor talab qiladi. Ko`proq ruhiy holatingizga ahamiyat bering, yomon narsalar haqida umuman o`ylamang. Sizda arzims bosh og`rig`i va bosh aylanishi holati kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda tez-tez dam olish, toza havoda ko`proq sayr qilish, foydali jismoniy harakatlar bilan shug`illanish zarur. Ruhiy holatingiz me`yorlashgandan keyingina barchasini ortda qoldirasiz. 

Yil o`rtalariga kelib oshqozon-ichak sohasida surunkali xastaliklar xuruji kuzatilishi mumkin. Ovqatlanish tartibiga qattiq rioya qiling. O`zingizni ko`p ham urintirib qo`ymang. Davolanishda samaraga erishish uchun tinchlik va hordiq katta ahamiyatga ega.

2016 yil oxirlariga kelib sog`lomlashtirish mashg`ulotlari bilan shug`ullanish zarur. Albatta to`g`ri kun tartibiga rioya qiling. Shifokor nazorati ostida ko`proq vitaminga boy, foydali mahsulotlar, o`tlardan damlamalar iste`mol qiling.

Saraton-erkak

Butun yil davomida erkak-Saratonlar boshqaruvni o`z qo`llariga olishga harakat qiladilar. Lekin bu burjning barcha vakillari ham javobgarlik talab etiladigan lavozimlarga tayyor emas. 2016 yilning boshlarida atrofdagilar bilan munosabatda ehtiyotkor bo`ling. Aprelning o`rtalariga kelib, xizmat pillapoyalaridan ko`tarilish pallalari boshlanadi. May oyiga kelib esa turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlarni o`z o`rniga qo`yishga to`g`ri keladi. Astronomlar bu masalaga echim topishda yaqin kishilaringizdan maslahat so`rashni tavsiya etishmoqda. Ayrim burj vakillari uzoq mulohazalardan so`ng ish va turar joylarini o`zgartirishiga qaror qilishadi.

Saraton-ayol

Maymun yili bu burj vakilalariga juda ko`p g`amxo`rlik ko`rsatadi, ular ham o`z navbatida bu munosabatnga munosib javob qaytvarishadi. Ayol-Saratonlar g`aroyib hissiyotlar to`lqinini boshdan kechiradi. Maqsadingizga erishish yo`lida tuzilgan rejalar kuchingizni anchagina tejaydi va asabiy holatdan chiqib ketishingizga yordam beradi. To yoz o`rtalaridan oktyabr oyining boshlariga qadar o`z ichki sezgingiz asosida ish ko`ring. Astronomlar xoh ish, xoh oilaviy masalalar bo`lsin ichki sezgingizga quloq solishingizni maslahat berishmoqda.

Sirli va sezgir, nozikta`b

Atrofdagilar Saratonlarga og`ir tabiatli, sirli va mantiqsiz kishilar deb baho berishadi. Tashqi ko`rinishdagi sovuqlikni esa nozik tabiatliligi berkitib yuboradi. Ular juda sezgir burj vakillari hisoblanishadi. Kuchli ichki sezgi, tanqidni og`ir qabul qilish, oshkoralikni yoqtirmaslik aynan ularga xos hislatlar sanaladi. Saratonlar qulay shart-sharoitni, xavfsizlik va hashamni xush ko`rishadi. Juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, tavakkaldan ancha uzoq yurishadi.

Homiy va do`st qidirib

Yil Saratonlar uchun qiziqarli va serqirra bo`lishni va`da qilmoqda. Ishonchsizlik bilan birga doim xotirjamlik va ish yonma-yon yuradi. Shuning uchun doimiy ishingiz bilan band bo`lib yuravering, hammasi o`z iziga tushib boraveradi. Shu bilan birga Saratonlar o`zlarini himoyalovchi homiy yoki do`st izlashadi va ijobiy natijaga erishadi.

    Boshqa yangiliklar