SSV xabar berishicha, 11 oktyabr kuni mamlakatimizda 322 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 505 nafarga etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Farg`ona, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 365 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 098 nafar bemordan 58 069 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 524 nafar bemordan 322 nafari og`ir, 110 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.







