Respublikada, xususan, poytaxt Toshkentda epidemiologik vaziyat sababli, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan shoshilinch tibbiyot muassasalaridagi o`pkaning Multispiral kompyuter tamografiyasi (MSKT) narxlari o`rganildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati yozmoqda.
Epidemiologik vaziyat aholi o`rtasida o`pkaning Multispiral kompyuter tomografiyasiga (MSKT) bo`lgan ehtiyojni ortishiga olib keldi.
Toshkentdagi xususiy klinikalardagi MSKT xizmatiga bo`lgan narxlarning ko`tarilishi natijasi o`laroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida xususiy klinikalardan olingan ma`lumotlarga asoslanib o`rganish o`tkazildi.
Dastlabki tezkor o`rganishlar natijasida, quyidagi ma`lumotlar aniqlandi. Unga ko`ra, MSKT xizmatini poytaxt bo`ylab 18 ta tibbiyot muassasasi tomonidan ko`rsatilgan. Ushbu xizmatning umumiy qiymati 185 mlrd.so`mni tashkil etgan. Yakka tartibdagi xo`jalik yurituvchi sub`ekt yoki shaxslar guruhi bozorida ustun mavqei mavjudligi aniqlanmagan.
Olingan ma`lumotlarga ko`ra xizmat narxi 195 mingdan 400 ming oralig`ida belgilangan (ko`rsatkich jadvali keltirilgan).
Shuningdek, o`rganishlar orqali ushbu xizmatning narxlari Respublikadagi epidemiologik vaziyatga 90 mingdan 150 ming so`m oralig`ida bo`lganligi aniqlangan.
Tibbiy muassasalardan olingan ma`lumotlarga ko`ra, taqdim etilayotgan xizmat narxlarining o`sishiga MSKT xizmatlariga bo`lgan talabning keskin ortishi, kasallanganlar soni ko`payishi bilan bog`liq bo`lib, shu sababli ko`plab tibbiyot muassasalari 24 soatlik ish rejimiga o`tganlar, bu esa uskunalarga ortiqcha yuklama tushishiga, ularni tez buzilishiga, qayta tiklash uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni doimiy ravishda sotib olishga to`g`ri kelayotgani ko`rsatilingan.
Tibbiyot muassasalarning 24 soatlik rejimga o`tganligi ortidan esa, muassasa xodimlariga qo`shimcha haq to`lashga olib kelgan. Bu ham o`z navbatida xizmat narxlarining ko`tarilishiga ta`sir ko`rsatgan.
Ayrim tibbiyot muassasalarining hisob-kitoblarini o`rganish natijalari MSKT narxlarining oshishi xizmatning o`ziga xos xususiyatlari va individual yondashuvidan kelib chiqqan holda shakllanishining to`g`riligini ko`rsatdi.
Respublikadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Qo`mita xususiy tibbiyot muassasalarini MSKT xizmati uchun narxlarni asossiz oshirmasligiga ko`rsatma berdi.
Shuni ham ta`kidlash kerakki, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida» gi Qonunning 8-moddasiga binoan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`zlarining tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda yoki shartnoma asosida mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.
Xususiy tibbiyot muassasalarining RO`YXATI
Xususiy tibbiyot muassasalarining RO`YXATI
№ | Tibbiyt muassasining nomi | Telefon | Manzil | Xizmat narxi, so`m |
1 | «DIYOR MEDICAL CENTRE» klinikasi | 71 2525098 71 2525099 95 1455099 71 2527802 | Toshkent shahri, Mirobod tumani,
dmc14@inbox.ru | 300 000 |
2 | «CITYMED» klinikasi | 71 2271202 71 2271206 71 2000034 71 2000038 | Shayxontohur tumani,
citymeduz2009@gmail.com | 290 000 |
3 | «VITAMED MEDICAL» klinikasi | 78 1298181 78 1298282 1063 78 1290003 | Yakkasaroy tumani,
info@vitamed.uz | 320 000 |
4 | «AKFA MEDLINE» tibbiyot markazi | 1141 71 2033003 | Olmazor tumani,
info@akfamedline.uz | 295 000 |
5 | «CLINIC PRO» diagnostika tibbiyot markazi | 71 2677050 78 1130201 | Mirzo-Ulug`bek tumani,
clinic.pro@mail.ru | 250 000 |
6 | «SHOX MED CENTER» klinikasi | 71 2525465 71 2020212 | Mirobod tumani,
info@shox.hospital | 250 000 |
7 | «DOKTOR-D» MChJ | 1057 71 2273032 71 2401640 71 2402038 71 2404516 | Toshkent, Olmazor tumani,
info@doctord.uz | 350 000 |
8 | «MDS-SERVIS» MChJ | 1080 78 1400080 | Toshkent, Yashnobod tumani,
info@mds.uz | 400 000 |
9 | «PARENTS HOLIDAY» klinikasi | 712281042 | Toashkent, Olmazor tumani,
parents.holiday@mail.ru | 195 000 |
10 | «OZODA SHIFO MED SERVIS» MChJ | 71 2513300 97 7613300 1143 | Toshkent, Sergeli tumani,
ozodashifomedservis@mail.ru | 300 000 |
11 | «DIASON» MChJ | 71 248 04 04 71 248 18 18 71 248 11 00 | Toshkent, Olmazor tumani,
info@diason.uz | 195 000 |
12 | STAR MED CENTER («OMAD PLYUS» MChJ) | 71 273 77 00 | Toshkent, Chilonzor tumani, Chilonzor-6 mavzesi, 6\1 uy
info@starmed.uz | 300 000 |
13 | «HOREV MEDICAL CENTER» klinikasi | 71 289 41 41 | Toshkent, Yashnobod tumani,
andromedhorev@mail.ru | – |
14 | «DARMON SERVIS» diagnostika klinikasi | 71 203 00 17 | Toshkent, Chilonzor tumani, Cho`ponota ko`chasi, 18/19 uy
darmonservis@mail.ru | – |
15 | «ZDOROVAYa SEMYa» tibbiyot markazi | 71 2717461 71 2071051 90 1780039 71 2714461 | Toshkent, Chilonzor tumani, Maqsud Shayx-Zoda, 31 A. | 300 000 |
16 | «PRESTIGE HEALTH GROUP» klinikasi | 95 5120101 95 3420101 | Yunusobod tumani, Chinobod ko`chasi (oldingi A.Zokirov), 88 | 195 000 |
17 | «MEDION» tibbiyot markazi | 78 140 00 10 | Toshkent, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko`chasi, 18 | 400 000 |
18 | «Jacksoft MDS» tibbiyot markazi | 71 275 66 33 | Toshkent, Uchtepa tumani, Foziltepa ko`chasi (oldingi X.Tursunqulov), 21 uy | – |