O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimi, Andijon viloyati, shuningdek vodiyning sog`liqni saqlash tizimi katta judolikka uchradi, hammamiz tanigan-bilgan buyuk xirurg Fozil Nishonov vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`n minglab shifokorlarning ustozi, o`n minglab talabalarning mehribon o`qituvchisi, millionlab bemorlarning najotkor farishtasi Foziljon Nishonovich Nishonovning oramizda bugun yo`qligi qalblarimizni larzaga keltirmoqda.
Fozil Nishonovich fidoyi va zahmatkash inson edi, o`zining bor kuch-qudratini Andijonda sog`liqni saqlash tizimini, shuningdek xirurgiyani taraqqiy etishiga va yuksalishiga sarflagan, o`zining ilmi, salohiyati, keng tafakkuri, sofdil, pok qalbi bilan barcha tibbiyot xodimlarining yuragidan alohida joy egallagan xolda xamkasblarining aloxida betakror xurmatiga sazovor bo`lgan ajoyib tibbiyot xodimi edi.
Foziljon Nishonov 01.12.1949 yilda Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanida tavallud topgan,
1971-1973 yy. - Andijon birlashgan bolalar shifoxonasi navbatchi tibbiy og`asi
1973-1975 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti gospital jarrohlik kafedrasi klinik ordinatori
1975-1978 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti jarrohlik mutaxassisligi bo`yicha aspiranti
1978-1980 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti 1-gospital jarrohlik kafedrasi assistenti
1980-1983 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti umumiy jarrohlik kafedrasi assistenti
1983-1990 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti 2-jarrohlik kasalliklari kafedrasi dosenti
1990-1993 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti fakultet jarrohlik kafedrasi professori
1993-2015 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti 6-7- kurs jarrohlik kasalliklari,
anesteziologiya reanimatologiya, tez tibbiy yordam va urologiya kafedrasi mudiri, professor
2015-2016 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti xirurgiya, urologiya va anesteziologiya-
reanimatologiya kafedrasi professori
2016-2017 yy. - Andijon davlat tibbiyot instituti jarrohlik va urologiya kafedrasi professori
2017 y.-h.v. - Andijon davlat tibbiyot instituti jarrohlik va urologiya kafedrasi mudiri
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri, Andijon Viloyat Xokimi, Andijon viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i, Andijon viloyat sog`liqni saqlash tizimining barcha tibbiyot xodimlari,
Andijon Davlat Tibbiyot instituti jamoasi, Andijon Davlat Tibbiyot instituti Klinikalari jamoasi, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatining barcha xirurglari marhumning oila a`zolariga ta`ziya izxor etadilar.
Fozil Nishonovichning 4 ta farzandi sog`liqni saqlash tizimida ota izidan borib, 3 nafar farzandi - tibbiyot xodimi, 1 nafar farzandi tibbiyot institutida iqtisod sohasi xizmatchisi bo`lib, xalq xizmatida faoliyat yuritmoqda.






