AsosiyJAMIYAT

Navoiyda avtomashinada yashirilgan sirli "yuk" bojxonachilar tomonidan fosh etildi

Bojxona nazoratini chetlab o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash ol...

'Navoiyda avtomashinada yashirilgan sirli "yuk" bojxonachilar tomonidan fosh etildi'ning rasmi

Bojxona nazoratini chetlab o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilishiga qaramay ayrim "tadbirkorlar" bunday qaltis ishlarini davom ettirishmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N. boshqaruvidagi “Nyundai porter” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirilgan. 

Navoiy viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, avtoulov yukxonasida fuqaro Z.D. tomonidan olib ketilayotgan tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 75 million so`mlik 49 dona televizorlar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar