AsosiyJamiyat

"Lukoyl" Qarshi va Buxoroda qiymati 243 mln. so`m bo`lgan robototexnika sinflarini tashkil etishda homiylik qildi

'"Lukoyl" Qarshi va Buxoroda qiymati 243 mln. so`m bo`lgan robototexnika sinflarini tashkil etishda homiylik qildi'ning rasmi

Bu haqda xabar bergan Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Rustam Karimjonovning ta`kidlashicha, “O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ta`lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasion loyihalarni joriy etish ko`zda tutilgan.

" - Ana shunday muhim jarayonda yurtimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar tashabbus ko`rsatayotgani quvonarli hol. Jumladan, “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” kompaniyasi hamda Halq ta`limi vazirligi qoshidagi Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda hududlarda ixtisoslashtirilgan sinflar va robototexnika kurslarini yaratish loyihasiga start berildi. Loyiha doirasida kuni kecha Buxoro shahrining 42-umumta`lim maktabida rabototexnika sinfi tashkil etildi.  

Biroz avval huddi shunday loyiha Qashqadaryo viloyatidagi 26-umumta`lim maktabida ham amalga oshirildi. "Lukoil"homiyligidagi har ikkala robototexnika to`garak sinflarining texnik qiymati 243 mln. so`mni tashkil etadi", deydi  Rustam Karimjonov.

Vazir o`rinbosari maktablarda robototexnika sinflarini tashkil etishda o`z hissasini qo`shmoqchi bo`lgan homiylarni quyidagi havola orqali murojaat qoldirishlarini so`ragan: https://www.itsm.uz/uz/page/partners

    Boshqa yangiliklar