AsosiyJamiyat

Ertaga Jasliqgacha boradigan qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi

'Ertaga Jasliqgacha boradigan qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasining chekka hududidagi Jasliq bekatigacha boradigan yo`lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil oktyabr oyida qo`shimcha poezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabar berdi.

484 -sonli ushbu yo`lovchi poezdi 2020 yil 15, 19, 22, 25, 29 va 30 oktyabr kunlari Toshkent markaziy vokzalidan soat 23:20 da jo`naydi. Mazkur poezd harakati davomida Samarqand, Buxoro, Misken, Qo`ng`irot vokzallari orqali o`tib Jaslik bekatigacha boradi. 

Yo`lovchilar chiptalarni elektron shaklda ham sotib olishlari mumkinligi aytilmoqda.

 Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar