«O`zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Boshqaruvi raisining investisiya, eksport va iqtisodiyot bo`yicha o`rinbosari Ulug`bek Abraev bugun, 14 oktyabr kuni og`ir xastalikdan 39 yoshida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda uyushma Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ulug`bek Abraev 1980 yil 26 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tavallud topgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini magistratura (kunduzgi) yo`nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yildan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi Pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash bo`limida boshlagan. 2004-2018 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qildi. 2019 yilda AT «Poytaxtbank» boshqaruvi raisining o`rinbosari lavozimida ishladi. 2019 yildan «O`zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Boshqaruvi raisining investisiya, eksport va iqtisodiyot bo`yicha o`rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.






