AsosiyJAMIYAT

Nodavlat telekanallarida mualliflik huquqiga rioya etilishi muhokama qilindi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning ...

'Nodavlat telekanallarida mualliflik huquqiga rioya etilishi muhokama qilindi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning  12 oktyabr kuni “Intellektual mulk ob`ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan” o`tkazilgan yig`ilishda aytib o`tilgan vazifalardan kelib chiqib nodavlat telekanallarning rahbarlari, bosh muharrirlari va kino tahririyati mas`ullari uchun davra suhbati o`tkazildi.

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilgan yig`ilishda assosiasiya rahbariyati,  “Sevimli” telekanali, “Zo`r-TV”, “Milliy” va “Mening yurtim” telekanallarining rahbar va mas`ul xodimlari ishtirokida yurtimizda san`at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanmaslik, undan noqonuniy daromad olish holatlariga chek qo`yish va Bern konvensiyasi qoidalariga O`zbekistonda amal qilishga oid qator masalalar muhokama qilindi. Sohaga oid qonunchilikdan kelib chiqib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish bo`yicha takliflar o`rganldi. Ayniqsa, xorij kinolarini namoyish etishda qonunga rioya qilish, o`rnatilgan tartibga qat`iy rioya qilishga kelishib olindi. 

Ta`kidlash lozim, har bir xalqning jahonda tutgan o`rni va nufuzi, avvalo, uning intellektual boyligiga qarab belgilanadi. Shu bois ham Davlatimiz rahbari tomonidan tegishli tashkilotlarga mamlakatimizda ro`yxatga olingan ko`ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o`rganish, mualliflar manfaatlarini ta`minlashga oid muhim  vazifalar yuklatildi. Chunki, mualliflik huquqi — keng ma`noda — fan, adabiyot va san`at asarlarini yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi bo`lib u intellektual boylikning asosini tashkil qiladi. Yig`ilishda ushbu masalada nodavlat telekanallarining holati o`rganildi va kelgusidagi muhim rejalar belgilab olindi. 

Intellektual mulk ob`ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga bag`ishlangan yig`ilishda nodavlat telekanallar faoliyatida sohaga oid boshqa huquqiy normalarni tartibga solish bo`yicha ham ko`rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig`ilishda seriallar namoyishini tartibga solish, g`oyaviy-badiiy jihatdan munosib media-kontentni shakllantirishga alohida to`xtalib o`tildi. 

    Boshqa yangiliklar