JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi. Bu haqda "Koronavirus Info" xabar berdi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning so`zlariga ko`ra, hozircha faqat deksametazon COVID-19ning og`ir shaklida o`z samaradorligini ko`rsatmoqda. JSST bosh direktori dorilar samaradorligini keng qamrovli o`rganish natijasida tashkilot gidroksixloroxinni sinashni to`xtatish zarur degan xulosaga kelganini eslatib qo`ydi. Keyin esa bemorlar endi lopinavir va ritonavir olmasligini ma`lum qildi.
|
17.10.2020 19:27
JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi
