Transport vazirligi tomonidan 19 oktyabrdan boshlab poytaxt jamoat transporti (avtobus, metro, yo`nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo`lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo`lqopda bo`lishi qat`iyan talab etilishi ma`lum qilingan edi.
Transport vazirligi ushbu tartibni bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo`lovchilar salomatligini asrash maqsadida tashkil etilganligi bilan izohladi.
Jurnalist Olimjon O`sarov bunga o`z munosabatini bildirar ekan, kechagi qaror pandemiya va karantin sabab iqtisodiy ahvoli battar qiyinlashib qolgan ahvolining yuziga tushirilgan zo`r tarsaki bo`ldi, deya ta`rif berdi.
" - Eh, hurmatli komissiya a`zolari! O`zingiz jamoat transportida yurmaysiz-da. Hattoki, jamoat transportidan kim foydalanishini ham bilmaysiz.
Ular — Sizdagi kabi xizmat mashinasi yo`qlar, taksida ham "katatsa" qilish imkoni bo`lmagan hamshaharlarimiz. Aslida, ular 2 soat ishlatishi lozim bo`lgan tibbiy niqobni yuvib-yuvib, bir necha necha kun ishlatib yurgan odamlar. Endi ularga tibbiy niqob bilan birga tibbiy qo`lqopda bo`lishni majbur qilyapsiz.
Aslida bir dona tibbiy qo`lqop qancha tushirishini bilasizmi? 5 farzandi jamoat transportida maktab va institutga qatnaydigan ota bir kunda necha so`mlik tibbiy qo`lqop xarid qilishi kerakligini-chi? Va eng muhimi, uni olib berolmasligini-chi?
Shu paytgacha qabul qilingan qarorlarni eslang! Avval uyda o`tir, deyildi, ko`cha chiqqanlar jarimaga tortildi. Keyin ko`chaga chiqinglar, uyda yuqish xavfi balandroq, dedi janob Nurmatov.
Dastlab hamma joyda xlorli dizenfeksiya koridorlari o`rnatish talab etildi. Millardlab mablag` sarflanib, kordidorlar o`rnatilgach esa, bu samarasiz vosita, uni yo`qotinglar, deyildi.
Endi navbat tibbiy qo`lqop biznesiga keldimi, janoblar?!", deydi jurnalist.