AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik yigit rossiyalik reperning "Mercedes-Benz"ini yutib oldi

'O`zbekistonlik yigit rossiyalik reperning "Mercedes-Benz"ini yutib oldi'ning rasmi

Rossiyalik reper, bastakor va bloger Alisher Morgenshtern o`zining instagram sahifasida tanlov o`tkazdi. Tanlovga bir qator sovg`alar bilan birga Mersedes-Benz rusumli o`z avtomobilini ham qo`ydi. Buxorolik obunachi tanlov yakunida g`olib bo`ldi.

Morgenshtern o`z sahifasida o`zbekistonlik g`olibni tabriklab, avtomobilni shaxsan topshirish uchun O`zbekistonga borishini e`lon qildi.

Lekin birozdan so`ng u O`zbekistonga olib kiriladigan avtomobil uchun boj to`lovi narxini eshitib hayron qolganini bildirgan. “Boj to`lovi avtomobil narxi bilan deyarli bir xil ekan!”, deydi u.

    Boshqa yangiliklar