AsosiyJamiyat

Chet elda onlayn ta`lim bo`yicha qabullarni taklif qilayotgan firmalarning takliflari qonuniy ekanligini qanday ajratish mumkin?

'Chet elda onlayn ta`lim bo`yicha qabullarni taklif qilayotgan firmalarning takliflari qonuniy ekanligini qanday ajratish mumkin?'ning rasmi

Davlat test markazi ushbu savolga javob berdi:

Albatta bugungi kunda yurtimizda nodavlat ta`lim tashkilotlari soni va yo`nalishlari oshgani, ular faoliyatini tashkil etishda, xalqaro tashkilotlar, xorijiy OTMlari bilan faol hamkorlik qilinayotganligini eʼtirof etib o`tish lozim. Biroq ayrim holatlarda mazkur muassasalar faoliyati, vazifasi va vakolati bilan bog`liq masalalarning noto`g`ri tushunilishi yoki talqin qilinishi sababli fuqarolarimizda ayrim nodavlat ta`lim tashkilotlari haqida xolis axborot olishga bo`lgan ehtiyoj paydo bo`lmoqda.

Avvalo, o`qishga qabulni taklif etayotgan xorijiy ta`lim tashkiloti (muassasasi) o`z davlatida ta`lim faoliyati lisenziyalangan va vakolatli organ tomonidan akkreditasiyalangan bo`lishi lozim.

Shuningdek, O`zbekistonda ham oliy ta`limni taklif qilayotgan nodavlat ta`lim muassasasi lisenziyaga ega bo`lishi kerak. Nodavlat ta`lim tashkilotlariga lisenziya berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuni yodda tutish muhimki, tegishli lisenziyaga ega bo`lmagan yoki belgilangan tartibda akkreditasiyadan o`tmagan ta`lim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy ma`lumot to`g`risidagi diplomlar nafaqat O`zbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.

    Boshqa yangiliklar