AsosiySalomatlik

Qon quyuqlashishining inson salomatligiga qanday ta`siri bor?

'Qon quyuqlashishining inson salomatligiga qanday ta`siri bor?'ning rasmi

Koronavirusga chalingan bemorlarda qon quyuqlashishi bilan bog`liq alomatlar kuzatilmoqda. Qon quyuqlashishining inson salomatligiga qanday ta`siri bor? Bu savolga tibbiyot fanlari doktori Abdurahmon Qayumov javob berdi:

–Ayrim holatlarda xastalik yoki tashqi omillar sabab qon tarkibi buziladi va uning keragidan ortiq quyuqlashib ketishi yoki, aksincha, suyuqlashishi kuzatiladi.  

Qonning quyuqlashishi tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, insult va infarktga chalinish ehtimolini orttiradi.

Qon tarkibining suyuqlashishi esa qon ketishi, bemor tanasida ko`karish va qontalashlar paydo bo`lishiga olib keladi. Ikki holatda ham tezda tibbiy ehtiyot choralarini ko`rish zarur. 

    Boshqa yangiliklar