AsosiyJamiyat

Yaqin uch kun ichida sayyoramiz atrofidan 20 dan ortiq asteroid uchib o`tadi

'Yaqin uch kun ichida sayyoramiz atrofidan 20 dan ortiq asteroid uchib o`tadi'ning rasmi

 Yaqin uch kun ichida sayyoramiz atrofidan 20 dan ortiq asteroid uchib o`tadi deya yozmoqda O`zA.

NASA bo`limlaridan birining saytida shu bir necha kun mobaynida Er yaqinidan 20 dan ziyod osmon jismi uchib o`tishi to`g`risidagi ma`lumot tarqaldi. Rossiyalik olimlar bu xabarning hayratlanarli joyi yo`q, demoqda.

19 oktyabrda kattaligi bir yarim metrdan 46 metrgacha keladigan 6 ta asteroid er kurrasi atrofida – taxminan 150 ming kilometr (Oygacha bo`lgan masofaning yarmi) joyda harakatlanishi kutilmoqda. 

Seshanba kuni esa Er atrofidan kattaligi 7 metrdan 73 metrgacha bo`lgan yana 10 ta asteroid uchib o`tadi. 

21 oktyabr yana oltita osmon jismiining Erga yaqinlashishi qayd etilgan. 

Rossiya fanlar akademiyasi astronomiya instituti olimlari ta`kidlashicha, bu voqealarning hech qanday hayratlanarli yoki xavotirli jihati yuq, chunki bu asteroidlar kurrai zaminga biror xavf tug`dirmaydi. 

Boshqa yangiliklar