AsosiyJamiyat

Ayni paytda 316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro tuzaldi

'Ayni paytda 316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro tuzaldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 19 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 607 (+84) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 56 nafari Toshkent viloyatida, 28 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Bugun ayni paytga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar; Andijon viloyatida 12 nafar; Buxoro viloyatida 18 nafar; Jizzax viloyatida 11 nafar;  Navoiy viloyatida 6 nafar; Namangan viloyatida 14 nafar; Samarqand viloyatida 17 nafar; Sirdaryo viloyatida 9 nafar; Farg`ona viloyatida 21 nafar; Xorazm viloyatida 9 nafar; Toshkent viloyatida 70 nafar; Toshkent shahrida 121 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 60 717 (+316) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 2 359 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar