Aralash jang san`atining (MMA) eng nufuzli yo`nalishi UFCda faoliyatini davom ettirayotgan o`zbekistonlik Mahmud Murodov (24-6, 16 KO, 3 MO) 31 oktyabr kuni amerikalik Kevin Hollandga (19-5, 9 KO, 6 MO) qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda Go Sport xabar bermoqda.
Oldinroq, Murodov polshalik sportchiga qarshi ringga chiqishi belgilangandi. Biroq raqib jarohat olib, Las-Vegasga bora olmaydigan bo`lib qoldi. Endi Mahmudga Holland raqiblik qiladi.






