AsosiyJamiyat

"Arzonlashtirilgan go`shtga "mabundoo" suyak qo`shib berishadi". O'zbekiston24" jonli efirida kutilmagan holat bo`ldi

'"Arzonlashtirilgan go`shtga "mabundoo" suyak qo`shib berishadi". O'zbekiston24" jonli efirida kutilmagan holat bo`ldi'ning rasmi

"O'zbekiston24" telekanali muxbirining Yunusobod dehqon bozoridan tayyorlagan reportaji jonli efirga uzatilayotgan bir paytda kutilmagan holat bo`ldi. 

Bu joyga tez orada video joylashtiriladi.

Ko`rsatuv jonli efirga uzatilyotgan paytda toshkentlik bir ayol jurnalistdan haqiqatni ko`rsatishini talab qiladi. U ko`rsatuvga olinayotganidek go`sht sotilmasligini, arzonlashtirilgan go`shtga "mabundoo" suyak qo`shib berishini aytib, norozilik bildirgan.  Va bu bevosita jonli efirda ketgan. 

Jurnalist fuqaroni bu e`tiroziga hech qanday e`tibor qaratmay, "Daladan dasturxonga" tamoyili asosidagi boshqa rastalarni namoyish etishda davom etadi. 

Ayni paytda ushbu lavha ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar