AsosiyJamiyat

Sudyalar orasida gender tenglikni ta`minlovchi mexanizmlarni joriy etish bo`yicha harakatlar dasturi qabul qilindi

'Sudyalar orasida gender tenglikni ta`minlovchi mexanizmlarni joriy etish bo`yicha harakatlar dasturi qabul qilindi'ning rasmi

Sudyalar orasida gender tenglikni ta`minlovchi mexanizmlarni joriy etish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan o`zaro hamkorlikda harakatlar dasturi tuzildi va imzolandi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar beradi.

Mazkur xujjatda sud tizimida gender tenglikni ta`minlanganlik holati bo`yicha doimiy monitoringni amalga oshirish, oliy yuridik ma`lumotga ega yosh xotin-qizlarni, ayol sudyalarni sud organlariga keng jalb qilish, qolaversa, sudyalar, sud apparati xodimlari va sudyalikka nomzodlarni gender masalalariga oid bilimlarini kengaytirib borish bo`yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Qolaversa, muqaddam sudya bo`lib ishlagan ayollarning hujjatlarini o`rganib, maqsadga muvofiq deb topilgan nomzodlarni sudyalik lavozimlariga tavsiya etish, sudyalarning odob-axloq kodeksida gender masalasiga oid qoidalarni belgilash, ayol sudyalar uchun qulay mehnat sharoiti yaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda sud tizimida faoliyat ko`rsatayotgan xotin-qizlarga nisbatan ish joylarida tazyiq o`tkazish holatlarining oldini olish kabi chora-tadbirlar ham Dasturning asosiy yo`nalishlaridan sanaladi.

    Boshqa yangiliklar