AsosiyJamiyat

Prezident Farmoni bilan bir guruh ichki ishlar xodimlari mukofotlandi

'Prezident Farmoni bilan bir guruh ichki ishlar xodimlari mukofotlandi'ning rasmi

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko`p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta`minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, sharafli burchini bajarish chog`ida ko`rsatgan mardlik va jasorat namunasi hamda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo`shgan munosib hissasi uchun soha vakillari II darajali «Shon-sharaf» ordeni, «Mardlik» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni, II darajali «Salomatlik» ordeni, «Do`stlik» ordeni, «Sodiq xizmatlari uchun» medali, «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, Farmon bilan 3 nafar marhum ichki ishlar xodimlari «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Ular:

Bokiev Ravshan Oribjonovich (marhum)    -    Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori 

Nishonov Oybek Xamroqulovich (marhum)    -    Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ekspertiza va kriminalistika bo`linmasi eksperti 

Umarov Salim Usmonali o`g`li (marhum)    -    Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori.

Mukofotlanganlarning to`liq ro`yxati bilan shu erda tanishish mumkin. 

    Boshqa yangiliklar