AsosiyJamiyat

"Remdesivir"ni respublikamizga noqonuniy olib kirib, donasini 1 mln 900 ming so`mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

'"Remdesivir"ni respublikamizga noqonuniy olib kirib, donasini 1 mln 900 ming so`mga sotishga uringan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yakkasaroy tumani bo`limi xodimlari tomonidan IIV xodimlari bilan birgalikda tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida 2 nafar fuqaro Bangladesh davlatida ishlab chiqarilgan va respublika hududiga aylanma yo`llar orqali olib kirilgan "Remdesivir" va boshqa dori vositalarini qonunga xilof ravishda har bir donasini 1 mln 900 ming so`mdan hisoblab jami 95 mln so`mga sotishga kelishib, shundan 30 donasini sotayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqa.

    Boshqa yangiliklar