AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 90 kishi virus yuqtirdi, sog`ayganlar 300 nafardan oshdi

'O`zbekistonda yana 90 kishi virus yuqtirdi, sog`ayganlar 300 nafardan oshdi'ning rasmi

2020 yil 24 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 102 (+90) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Toshkent shahrida, 55 nafari Toshkent viloyatida,  12 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,  Andijon viloyatida 13 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar,  Jizzax viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 29 nafar,  Samarqand viloyatida 11 nafar, Sirdaryo viloyatida 13 nafar,  Surxondaryo viloyatida 24 nafar, Farg`ona viloyatida 22 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar,  Toshkent viloyatida 69 nafar, Toshkent shahrida 86 nafar, jami 309 nafar bemor tuzaldi.  

    Boshqa yangiliklar