24 oktyabr kuni O`zbekistonda 291 holatda kasallik qayd etildi, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 545 nafarga etdi. Bu ma`lumotlar Sog`liqni saqlash vazirligining statistikasi raqamlarida aks etdi.
Shuningdek, Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg`ona, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlarida 309 nafar bemor tuzalgan.
"Kasallik qayd etilgan jami 65 102 nafar bemordan 62 342 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 215 nafar bemordan 281 nafari og`ir, 77 nafari esa o`ta og`ir ahvolda", deyiladi xabarda.






