23-25 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi MHSK sport majmuasida professional MMA bo`yicha Mudofaa vaziri kubogi uchun musobaqalar bo`lib o`tdi.
9 ta vazn toifasida o`tkazilgan bahslarda yurtimizning turli hududlaridan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Bugun musobaqaning final janglari tashkil etildi.
Unga ko`ra O`zbekiston kubogi g`oliblari ro`yxati quyidagicha ko`rinish oldi:
-56,7 kg: Hasan O`roqov (Navoiy)
-61,2 kg: Jasurbek Anarbaev (Toshkent viloyati)
-65,8 kg: Islombek Mahammadjonov (Toshkent)
-70,3 kg: Jumaev Jahongir (Buxoro)
-77,1 kg: Samandar Sattorov (Mudofaa vazirligi)
-83,4 kg: Shohasan Mirzamatov (Mudofaa vazirligi)
-93 kg: Shahboz Ortiqov (Qashqadaryo)
-120,2 kg: Azamat Nuftillaev (Qashqadaryo)
+120,2 kg: Jasur Mirzamuhammedov (Mudofaa vazirligi)
Musobaqa yakunlariga ko`ra, Mudofaa vazirligi jamoasi turnirning eng yaxshi jamoasi nomiga sazovor bo`ldi.













