AsosiyJamiyat

Qishda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yomonlashadi — olimlar

'Qishda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yomonlashadi — olimlar'ning rasmi

Amerikalik tadqiqotchilar qishda koronavirus bilan bog`liq vaziyat chuqurlashishidan xavotirda, deb yozadi «Nature».

Olimlarning ta`kidlashicha, infeksiyaning qaytadan tarqalishiga bir qancha omillar sabab bo`ladi. Ta`kidlanishicha, yilning sovuq davrida havosi yaxshi aylanmaydigan xonalar qo`shimcha xavf-xatarga olib keladi.

 Sovuq va issiq havo, shuningdek, quyosh nurlarining to`g`ridan-to`g`ri tushmasligi COVID-19 yuqishining oshishiga xizmat qiluvchi yana bir omil sanaladi.

«Mazkur virusning yuksalish davri boshlanadi. Oldinda bizni mashaqqatli oylar kutmoqda», — dedi Kaliforniyadagi Stenford universiteti mikrobiologi Devid Relman.

Shuningdek, mutaxassislar qishda kasallik qaytadan tarqalishining oldini olish maqsadida qat`iyroq nazorat choralari talab etilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

 
  

Boshqa yangiliklar