Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoev elektr energetikasi korxonalarini transformasiya qilish bo`yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda ma`lum qilinishicha davlat rahbari 2021-2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo`yicha topshiriq berdi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug`bek Mustafoev aytib o`tdi.
«Davlatimiz rahbari 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslikni asosiy vazifa etib belgilab berdi. Prezident har bir kompaniyaga, jumladan, ‘Hududiy elektr tarmoqlari’ AJga ham qator vazifalarni qo`ydi. Qilinadigan modernizasiya va rekonstruksiya ishlari tarifni ko`tarish hisobidan emas, balki ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni, ya`ni tannarxni kamaytirish hisobiga erishish vazifasi qo`yildi», — deydi mas`ul.






