2020 yil 27 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 944 (+63) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 6 nafari Toshkent shahrida, 57 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar: Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 34 nafar, Samarqand viloyatida 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 12 nafar, Farg`ona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 75 nafar Toshkent shahrida 98 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 63 165 (+289) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizga etdi. Hozirda mamlakatimizda 2 223 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
27.10.2020 23:17
O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 66 mingga yaqinlashdi
