AsosiyJAMIYAT

27-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 277 nafar, vafot etganlar 4 nafarni tashkil qildi

Shu yilning 27 oktyabr kuni mamlakatimizda 277 holatda kasallik qayd etildi. Shu bila...

Shu yilning 27 oktyabr kuni mamlakatimizda 277 holatda kasallik qayd etildi. 

Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 556 nafarga etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg`ona, Xorazm viloyatlarida 289 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 65 944 nafar bemordan 63 165 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 223 nafar bemordan 274 nafari og`ir, 74 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Boshqa yangiliklar