Bu haqda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o`rinbosari Aleksey Xen ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahridagi 114 ta chorraha va boshqa joylar kameralar bilan ta`minlangan. Ammo Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlikda 2017 yilda ishga tushirilgan kameralarning lisenziyasi tugagan. Ushbu kameralarni yana ishga tushirish uchun mahalliy «ABL-SOFT» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dastur, avtokom tizimdan foydalanish mumkin. Ushbu tizim butun Respublika bo`ylab joriy qilinmoqda.
Mutaxassisning aytishicha, tizimning bahosi 1,1 mlrd so`mni tashkil qiladi. Agar bu tizim yo`lga qo`yilsa, ushbu pulni ikki oyda qoplash mumkin bo`ladi. Negaki bitta kompleks oyiga taxminan 300 mln so`mlik qoidabuzarlikni qayd etadi.






