Evroittifoq aholisining bir qismigina 2022 yilgacha koronavirusga qarshi vaksina olishi mumkin, chunki Evroittifoq buyurtma qilib qo`ygan COVID-19’ga qarshi potensial dorilar samarasiz bo`lib chiqishi yoki kam miqdorda ishlab chiqarilishi mumkin, deb yozadi «RBK». «2021 yil oxirigacha butun aholi uchun etadigan COVID-19’ga qarshi vaksina dozasi bo`lmaydi», — degan Evrokomissiya vakili Evroittifoq diplomatlari bilan o`tkazilgan yopiq majlisda. Evroittifoq koronavirusga qarshi jami 1 milliarddan ortiq dozada potensial vaksina buyurtma qilib qo`ygan. Ularni AstraZeneca, Sanofi va Johnson & Johnson kabi kompaniyalar ishlab chiqmoqda. Johnson & Johnson’ning bo`linmasi Janssen Pharmaceutica NV bilan shartnoma oktyabr boshida tuzilgan edi. Shartnomaga ko`ra, agar dori xavfsiz va samarali bo`lib chiqsa, Evroittifoq mamlakatlari uni 200 million kishi uchun sotib oladi. |
28.10.2020 23:55
Koronavirusga qarshi vaksina butun Evroittifoq aholisiga etmay qolishi mumkin
