1

O`zbek milliy akademik drama teatriga direktor tayinlandi

Jamiyat 29.10.2020, 11:58
O`zbek milliy akademik drama teatriga direktor tayinlandi

O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev O`zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.

Ayni vaqtda teatrda jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Yodgor Saʼdiyevni O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini eʼlon qildi, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, O`zbek milliy akademik drama teatrining avvalgi rahbari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktyori Fathulla Ma`sudov joriy yilning 30 avgust kuni koronavirus xastaligidan vafot etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1