1

Zarina Nizomiddinova turmush o`rtog`i haqidagi savollarga javob berdi

Madaniyat 29.10.2020, 20:43
Zarina Nizomiddinova turmush o`rtog`i haqidagi savollarga javob berdi

Zarina Nizomiddinova Moskvada nima ish qilayotgani hamda turmush o`rtog`i haqidagi savollarga javob berdi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova Instagram sahifasi orqali ko`pchilik muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.“Agar sir bo`lmasa, Moskvada nima ish qilasiz?” degan savolga Zarina quyidagicha javob berdi:

–Sir emas. Hozir g`amxo`r ona rolidaman va farzandlarimga mehr, e`tiborimni 100 foiz berishga harakat qilyapman. Ijodni hozircha uyda davom ettiryapman.

Zarinaning aytishicha, ikkinchi homiladorlik unda qiyin kechgan. “Oxirgi oylarigacha toksikoz qiynadi. Farzandimni tabiiy yo`l bilan o`zim dunyoga keltirdim, alhamdulillah”, — deydi aktrisa.

“Farzandingizga enaga qaraydimi?” degan savolga Zarina quyidagicha javob berdi:

“Virus tufayli enaga yollashga qo`rqyapman, o`g`lim begona insonga qarashga berish uchun hali juda kichkina. O`zim bir amallayapman”.“Kinodan ketdingizmi? O`zbek kinosini kuzatib turasizmi?” qabilidagi savollarga Zarina shunday javob beradi:

“Yo`q, albatta, buyog`ini vaqt ko`rsatadi. Oldindan bir narsa aytib bo`lmaydi. O`zbek kino va seriallarini umuman ko`rmay qo`yganman, oxirgi ko`rganim "Qadam" seriali bo`ldi. Menga yoqdi”, — deydi aktrisa.

Aktrisaning aytishicha, u kimligini sir saqlayotgan turmush o`rtog`i o`zbek millatiga mansub. Kichik o`g`li Said Umarning yuzini ko`rsatishni aynan turmush o`rtog`i istamaydi. “Hali juda kichkina, deydilar”, — deb yozadi Zarina.

Zarina Nizomiddinovaga stories orqali amalga oshirilgan muloqot chog`ida eng ko`p “Bolangizning otasi kim?” degan savol berilgan. U hammaga birdek “Bolamning otasi—zo`r inson”, — deb javob berdi.

Muxlislaridan biri aktrisaga “Zapretingiz qachon ochiladi? Ancha payt dam olasiz, menimcha, lekin o`sha yoq tinch, ta`minot borku”, — deya murojaat qildi.

“Zapretga tushganimda bilamiz buyog`ini. Hozircha zapretda emasman. Sabab ham yo`q zapretda bo`lishimga”, — deydi aktrisa.

Aktrisa yangi iPhone-12 sotib olmasligi, qiziqish qolmaganini ma`lum qildi.

“Buyog`iga Moskvada yashaysizmi yoki Toshkentga qaytasizmi?” deb savol berdi Zarinaga muxlislaridan biri.

“Ko`ramiz, men oldindan ayta olmayman, kelajakda bizni nima kutayotganini bilmaymiz, axir”, — deydi aktrisa.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1