​​Koronavirusga qarshi kurashda ko`maklashish uchun bir guruh mutaxassislar Germaniyadan O`zbekistonga keldi

Jamiyat 30.10.2020, 21:43
Teglar: koronavirus
​​Koronavirusga qarshi kurashda ko`maklashish uchun bir guruh mutaxassislar Germaniyadan O`zbekistonga keldi

​Kecha, 29 oktyabr kuni mamlakatimizga Robert Kox instituti (Germaniya)ning 8 nafar tajribali mutaxassislardan iborat nufuzli tibbiy guruhi koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz mutaxassislariga yaqindan ko`mak berish va o`zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi. 

Bugun Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosarlari Ulug`bek Sabirov va Abdulla Azizov delegasiya a`zolari bilan uchrashdi. Muloqot davomida qatnashchilar o`z mamlakatlaridagi pandemiya sharoiti hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan zarur chora-tadbirlar haqida fikr almashdi.

Shuningdek, uchrashuvda COVID-19ni jilovlash borasida dunyo tajribasida qanday usul va zamonaviy texnologiyalardan foydalanilayotgani muhokama qilinib, o`zaro tajriba almashildi.

Tashrif rejasiga ko`ra, germaniyalik shifokorlar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilin tibbiy yordam ilmiy markazi, shuningdek, viloyatlardagi ushbu sohaga ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, koronovirusni tashxislash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda ish olib borishadi.

— Delegasiya tarkibida institutimizning rahbar kadrlari hamda malakali epidemiolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist kabi tajribali mutaxassislar bor, — deydi delegasiya a`zosi Jerald Ripberger. — Biz bu erga o`zbekistonlik hamkasblarimiz, shifokorlar bilan o`zaro tajriba almashgani keldik. O`ylaymanki, bu ikki davlatning ham koronavirusga qarshi kurashishida samarali foyda beradi. 

Eslatib o`tamiz, shu kunga qadar Xitoy, Rossiya, AQSh, Koreya Respublikasi, Turkiya kabi davlatlar bilan bir qatorda Germaniyadan kelgan nufuzli mutaxassislar ham O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita qatnashib, o`z tavsiyalarini berib kelishmoqda. 

Germaniyalik mutaxassislar mamlakatimizda 12 noyabrga qadar bo`lishi rejalashtirilgan. 

 
  

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1