AsosiyJAMIYAT

30- oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 251 nafarni, vafot etganlar 2 nafarni tashkil qildi

Shu yilning 30 oktyabr kuni mamlakatimizda 251 holatda kasallik qayd etildi. Shu bila...

Shu yilning 30 oktyabr kuni mamlakatimizda 251 holatda kasallik qayd etildi. 

Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 563 nafarga etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm Namangan, Farg`ona viloyatlarida 265 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 705 nafar bemordan 63 978 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 164 nafar bemordan 267 nafari og`ir, 73 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Boshqa yangiliklar