AsosiyIqtisodiyot

Energetika vazirligi restoran va kafelarni gazdan uzish qarorini izohladi

'Energetika vazirligi restoran va kafelarni gazdan uzish qarorini izohladi'ning rasmi

Energetika vazirligi restoran va kafelarni gazdan uzish qarorini izohladi.

O`zbekistonda 1 noyabrdan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tabiiy gazdan foydalanishga doir cheklovlar joriy etila boshlandi.  

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, sovuq mavsumda tabiiy gaz ta`minoti birinchi navbatda, aholi xonadonlar, shifoxonalar va ta`lim muassasalariga etkazib beriladi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lmagan yuridik iste`molchilar 2020-2021 yillar kuz-qish davri boshlanishi arafasida tegishli bildirishnomalar olganlar.

Vazirlik ular muqobil yoqilg`idan foydalanishga o`tish uchun faol choralar ko`rishlari kerakligini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar