AsosiyJamiyat

Toshkentda bolani o`zbek tilidagi maktablarga o`qishga berish ulushi 55,5 foizga etgani ma`lum qilindi

'Toshkentda bolani o`zbek tilidagi maktablarga o`qishga berish ulushi 55,5 foizga etgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Ona tilidagi maktabda ta`lim olish fanlarni o`zlashtirishga yordam berishini inobatga olib, poytaxtda o`zbek tilidagi maktablarga birinchi sinfga o`qishga berish ulushini 55,5 foizgacha orttirishga erishildi, deya xabar bermoqda  Xalq ta`limi vazirligi.

Xalqaro tadqiqotlarga ko`ra o`z ona tilidagi maktabda ta`lim olayotgan o`quvchi fanlarni o`zlashtirishi osonroq bo`ladi. Ayniqsa boshlang`ich ta`lim davrida o`quvchilarning oilada gaplashiladigan tilda maktabda o`qishi uy vazifalarini tayyorlashga va fanlarni o`zlashtirishni yaxshilashga yordam beradi.

Ba`zi ota-onalar o`zlari rus tilini etarli darajada bilmasalarda, o`z farzandini birinchi sinfga ruscha maktabga berishga harakat qilishlari natijasida, birinchidan, o`quvchini o`zi qiynalishi, ikkinchidan esa, o`qituvchi aynan o`zlashtirishda orqada qolayotgan o`quvchiga ko`proq e`tibor qaratishini inobatga olib, bu rus tilidagi maktablarda boshqa o`quvchilarning ham o`zlashtirishiga salbiy ta`sir etayotgani kuzatilayotgan edi.

Buning ustiga rus maktablarida bir sinfdagi o`quvchilar soni me`yordan (35tadan) ortib ketishi ham o`zining salbiy oqibatlariga ega edi. Ayniqsa yuqori sinflarga borganda boshqa predmetlarni (matematika, fizika, kimyo va h.k.) rus tilida o`qitish bo`yicha pedagoglar etishmasligi, rus maktablaridagi o`quvchilarning ushbu fanlar bo`yicha o`zlashtirishiga juda salbiy ta`sir etishi kuzatilgan.

Shuning uchun, oxirgi ikki yil davomida poytaxtdagi o`zbek tilida dars beriladigan maktablarning moddiy-texnik holatini yaxshilash va ta`lim sifatini oshirish bo`yicha ishlar, jumladan, ushbu maktablarda rus va ingliz tillarini o`qitishni yaxshilash bo`yicha loyihalar natijasida poytaxtda 1-sinfga qabul qilingan o`quvchilar orasida o`zbek tilida ta`lim olib boriladigan maktablarning ulushi 55,5%gacha ortdi. 2018 yilda bu ko`rsatkich atigi 48% edi.

O`zbek tilidagi maktablar nufuzini oshirish bo`yicha ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi. Bu esa, o`z navbatida rus tilida dars beriladigan maktablardagi ta`lim sifatini oshirishga ham yordam beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar