Hali tug`ilmagan bolalarga musiqa tinglash imkonini beruvchi qurilma sotuvga chiqariladi, deb xabar bermoqda “Cosmopolitan” nashri.
Gadjet yordamida hali tug`ilmagan bolalar qo`shiqlar tinglashi mumkin.
Ispaniyaning Babypod kompaniyasi homilador ayollarga mo`ljallangan va qinga o`rnatiladigan yangi qurilmani ishlab chiqardi. Ishlab chiqaruvchilar moslamadan homila 16 haftalik bo`lgandan so`ng 10-20 daqiqa davomida foydalanishni tavsiya etmoqda. Kompaniya moslamani keng jamoatchilikka tanishtirish uchun hali tug`ilmagan bolalar uchun konsert uyushtirdi. Tajribada 10 dan ortiq homilador ayollar ishtirok etdi. Ular ona qornidagi bolalarga ispaniyalik qo`shiqchi Soray Arnelasning qo`shiqlarini qo`yib eshittirdi.
“Bolalar musiqa ovoziga javoban gapirishni o`rganadi”, — deyiladi gadjet ma`lumotnomasida.
Bo`lajak ota-onalar quloqchinlar yordamida musiqa baland-pastligini nazorat qilishi mumkin. Olitmlarning aniqlashicha, ona qornidagi bola so`zlarni eslab qoladi va tug`ilganida ham ushbu so`zlarni o`rganishi oson kechadi.





