Kuni kecha “O`zbekistonda kuniga 5600 so`m pul topgan fuqaro kambag`al emas” deb barchani birdek g`azabini keltirgan iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov AOKA majlislar zalida tashkil etilgan matbuot anjumanida nega unday deganiga izoh berdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri ma`lum qildi.
“2020 yilda Jahon banki bilan biz 2011 yildan buyon to`lov qobiliyati ta`rifi bo`yicha bo`lgan summani hisoblab chiqqanimizda ham shu summa chiqqan.
Endi men 5600 so`m deganim, ayrim koeffisient bo`yicha 6 000 5 500 atrofida bu summa turadi. Uncha ham katta farq qilmaydi. Bitta narsani aytib o`tishim kerak, bu global kambag`allik ko`rsatkichi. Bu O`zbekistonga amal qiladi deb hech kim ayta olmaydi, hech kim aytmaydi ham,kambag`allikni o`lchash deganda kambag`illikni tarifiga qarab o`lchovi ham o`zgaradi. Qanday tarif bo`lsa o`lchovi o`zgaradi. Aytaylik kambag`allik 5% bo`ladigan bo`lsa, boshqa tarifga nisbatan kambag`allik 10% bo`lishi mumkin. Bu qaysidir mamlakatning iqtisodiy holatidan, ijtimoiy-iqtisodiy odatidan kelib chiqib har xil o`lchovlar bo`ladi.
Kambag`allik o`lchovi ikki turga bo`linadi. Birinchisi global kambag`allik o`lchovlari, ikkinchisi milliy kambag`allik o`lchovlari.
Global kambag`allik o`lchovlarini o`z mandatiga ko`ra Jahon banki belgilaydi. Jahon banki past-o`rta daromadli mamlakatlar daromadi o`sishidan kelib chiqqan holda global kambag`allik chegarasini 3,2 AQSh dollari miqdorida belgilagan. Agar mamlakat yuqori-o`rta daromadli mamlakatlar qatoriga kiradigan bo`lsa, bu mamlakatlar uchun 5,5 AQSh dollarida kambag`allik chegarasi belgilangan" - Obid Hakimov.






