Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
"Farg`ona neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish” investisiya loyihasiga ko`ra, 2020-2023 yillarda zavodda gidrokreking va izomerizasiya (yoqilg`i va moy mahsulotlari olish usuli) jarayolarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda «Evro-5» standarti talabiga javob beradigan avtomobil benzinlari va dizel yoqilg`ilarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish ko`zda tutilgan.
Ayni paytda mazkur zavodning GDS qurilmasi (dizel yoqilg`isini gidrotozalash)dagi 1,3 million AQSh dollar qiymatli katalizator almashtirish yo`li bilan birinchi bosqich ishlari amalga oshirilib «Evro 4» va «Evro 5» markali dizel yoqilg`isini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Bundan tashqari, Farg`ona NQIZ ilgari ishlab chiqarilmagan va chet eldan sotib olinadigan qishki dizel yoqilg`isini ishlab chiqarishni boshlaydi. Shunday qilib, zavod mutaxassislari laboratoriya tadqiqotlari, sanoat sinovlari xamda yangi DTZ-2 markasidagi past qotish xaroratiga ega qishki mavsum uchun mo`ljallangan dizel yoqilg`isini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bo`yicha butun siklni amalga oshirdilar.






