Duatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan 8 noyabr kuni soat 07:00 dan 13:00 gacha quyidagi yo`l qismlari harakatlanish uchun yopiq bo`ladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi. ![]() Qoratosh ko`chasi—Samarqand Darvoza (Samarqand Darvoza SKM) ko`chasidan Xalqlar do`stligi maydoni yo`nalishida; Islom Karimov shohko`chasi—Olmazor («O`zbekiston» metro bekati) ko`chasidan Xalqlar do`stligi maydoni yo`nalishida; Bobur ko`chasi—O`rikzor (O`zbek tili va adabiyoti universiteti, «Rakat» mahallasidan chiqish) ko`chasidan; Sport tadbirlari o`tkaziladigan butun yo`nalish. O`z ichiga Islom Karimov, Furqat, Seul, Bunyodkor ko`chalarining qismlarini oladi (Seul ko`chasidan Islom Karimov shohko`chasigacha bo`lgan qo`shimcha yo`l). Hokimlik xabarida tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo`llar orqali harakatlanishni tavsiya etilgan va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`ralgan. |
Toshkentning bir qator markaziy ko`cha qismlari yopiladi
Duatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan 8 noyabr kuni soat...







