1

Toshkentdagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Madaniyat 08.11.2020, 00:17
Toshkentdagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi

“O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

"Huquqiy axborot" kanali xabar berishicha, qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (Markaz) tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi (Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to`lash fondi doirasida o`zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

▫️Shuningdek, Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi tugatilib, uning moddiy-texnika bazasi Markazga berildi.

Eslatib o`tamiz, Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi qarori bilan O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1