AsosiyJAMIYAT

Xitoyda ishlab chiqilgan vaksina Toshkentga olib kelindi

Koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini O`zbekistonda o`tkazishni tash...

Koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini O`zbekistonda o`tkazishni tashkil etish borasida 7 noyabr kuni o`tkazilgan uchrashuvda Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelinganini ma`lum qildi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, 5 ming kishiga etadigan vaksina Xitoydan Toshkentga olib kelingan. Vaksinalar maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Ko`ngillilar jamoasi shakllantirilganidan so`ng har bir oilaviy poliklinikada imkoniyatdan kelib chiqibb ma`lum sondagi ko`ngillilar bo`yicha sinov ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi faza sinovlarini o`tkazish bo`yicha xitoylik hamkorlarning to`rt nafari O`zbekistonga tashrif buyurgani, yana 5 nafar xitoylik mutaxassislar kelishi kutilayotgani bildirilgan. Ular 4 oy davomida sinovlarni o`tkazish jarayonida vazirlik bilan birga ish olib boradi.

«Xitoyliklar birinchi galda sinov o`tkaziladigan oilaviy poliklinikalar va ulardagi shart-sharoitlar bilan qiziqishdi. Ikkinchisi, hamkorlarimiz har bir oilaviy poliklinikadan o`ntadan shifokor va hamshira tanlab olib, ular bilan suhbat o`tkazishmoqchi. Keyingi haftadan shifokorlarimizga treninglar o`tkaziladi», — deydi vazir.

Shuningdek, sinovlar viloyatlarda ham o`tkazilishi haqidagi savolga Ibrohim Abdurahmonov quyidagicha javob bergan:

«Yo`q. Bu hozir tadqiqot bo`lgani uchun faqat Toshkent shahrida o`tkazamiz. Buning o`ziga yarasha qulayliklari bo`lishi kerak. Monitoring jarayonini samarali tashkil qila olishimiz juda muhim hisoblanadi»

 
  

Boshqa yangiliklar