1

Ko`mirning sifati nega yomon? Mas`ullar izoh berdi

Iqtisodiyot 09.11.2020, 13:27
Ko`mirning sifati nega yomon? Mas`ullar izoh berdi

"O`zbekko`mir" AJ tamonidan Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari bo`ylab tashkil etilgan press-tur doirasida mas`ullar jurnalistlarning ko`mir sifati bilan bog`liq savollariga javob qaytardi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, ko`mir va undan tayyorlanadigan briketlarning issiqlik berish kaloriyasi bir xil. Ammo briketlar ko`mirga nisbatan saqlash va o`choqqa solib yoqishda qulayligi bilan ajralib turadi.

Ma`lumki, ijtimoiy tarmoqlarda aholi va muassasalarga berilayotgan ko`mirning sifatsizligi keng muhokama qilinmoqda, unga yonishi qiyin bo`lgan tarkibiy qo`shilmalar qo`shilishi haqida e`tirozlar bildirilmoqda. Bu masalada ham mas`ullar izoh berib o`tdi.

Erkin YaQUBOV, “O`zbekko`mir” AJ direktori o`rinbosari:

–Ko`mir ta`minoti shaxobchalarida standart talablariga javob beradigan ko`mir va briketlar maxsus mashinalarga yuklab, aholiga jo`natiladi. Bu xomashyo maxsus laboratoriyalarda tekshirib, nazoratdan o`tkaziladi. Uni olib borgandan keyin qabul qilib oladigan muassasa xodimlari maxsus texnologiya asosida saqlashi kerak. 

Ko`mirning o`z inkubasiya davri va saqlash talablari bor. 20 kundan keyin agar sifatli ko`mir ham qorda, yomg`irda va ochiq havoda qolsa, har bir kun sayin o`z xususiyatlarini yo`qota boshlaydi.

 Shuning uchun qattiq yoqilg`i sifati buzilmasligi uchun maxsus omborlarda ustidan suvoq qilgan holda saqlanishi kerak. Negaki issiqlik tegsa ko`mir qo`riydi va uqalanib ketadi, shu tarzda uning sifati buzilishi mumkin.

Manzura BEKJONOVA, Buxoro-Qashqadaryo

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1