Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikamiz bo`yicha barcha toifadagi xo`jaliklar tomonidan 7 958,2 ming tonna sut etishtirilgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 % ga ko`p.
Xo`jalik toifalari orasida sut etishtirishning eng katta hajmi 7 537,6 ming tonna yoki umumiy sut etishtirish hajmidan 94,7 % i dehqon xo`jaliklarida qayd etildi.
Sut etishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori va eng kam ulushga ega bo`lgan hududlar aniqlandi.
Eng yuqori - Samarqand viloyati – 12,3 %;
eng kam - Qoraqalpog`iston Respublikasi – 2,9 % ekanligi ma`lum bo`ldi.






