Joriy yilning 1 oktyabr holatiga O`zbekiston qiymati 20,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 52,1 ming tonna qovun eksport qilgan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, bu yil mamlakatimizda etishtirilgan qovunlar 17 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo`lib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 32 tonnaga ya`ni qariyb 3 baravarga oshgan.
O`tgan 9 oy mobaynida O`zbekiston eng ko`p qovun eksport qilgan davlatlar:
Qozog`iston – 19,1 ming tonna
Qirg`iz R. – 17,0 ming tonna
Rossiya – 6,2 ming tonna
Ukraina – 3,9 ming tonna
Latviya – 2,6 ming tonna
Ma`lumot o`rnida, 2020 yilning 9 oyida eng ko`p qovun eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 9,9 ming tonna
Jizzax viloyati – 9,4 ming tonna
Farg`ona viloyati – 6,2 ming tonna
Namangan viloyati – 5,5 ming tonna
Sirdaryo viloyati – 5,3 ming tonna